Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 26 noyabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Namangan viloyati:
Norin tumani “Nuri-ziyo” MFY “Yangi asr” ko‘chasiga 203 dona temir-beton tayanchlar, 8,4 km masofaga yangi SIP kabel tortildi. 10 kVli “Boyovut” havo tarmog‘iga ulangan turli quvvatdagi 131-266-441-sonli transformator punktlarini yukini yengillashtirish maqsadida, qo‘shimcha 400 kVAli yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani Rovut mahallasi Soxibkor ko‘chasida quvvati 250 kVAli yangi transformator punkti va 80 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 2.8 km masofaga yangi tarmoq tortish ishlari bajarildi.