Buxoro viloyatidagi 110 kVli “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etilib, tarmoq ishga tushirildi
Hozirgi vaqtda “L-Gazli-1” elektr uzatish tarmogʻida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, elektr energiyasi bilan ushbu tarmoqdan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar ayni paytda zaxiradagi “Uchqir – Gazli” tarmogʻi orqali taʼminlanyapti.
Eslatib oʻtamiz, 17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida mazkur tarmoqlar jiddiy shikastlangan boʻlib, ularni taʼmirlash-tiklash ishlari murakkab ob-havo sharoitlarida ogʻir kechmoqda.
21.02.2024
118
Охирги янгиликлар