Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga olib keldi
Bugun Toshkent shahri va viloyatida kuzatilgan kuchli shamol natijasida bir necha hududlardagi daraxt shoxlarining sinishi jarayonida ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga (simlarning daraxt shoxlari bilan uzilib tushishiga) olib keldi.
Buning natijasida, Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda elektr tarmoqlari filiallarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
07.01.2023
Охирги янгиликлар