Andijon viloyatining ayrim tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlarining ayrim hududlari hamda Do‘stlik chegara postini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatda yakunlanadi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
27.01.2023
Охирги янгиликлар