Bugun, 3-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 12:00 dan 18:00 qadar vaqtincha oʻchirildi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Yashnobod tumanining “Mirishkor” MFYning Ilg‘or shox, Tolariq, Masjid, S.Azimova hamda Darxon ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Chilonzor tumanining Afshona, Ilg‘or, Cho‘ponota ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.