Tovar mahsulot hajmi 72,3 trln so‘mni (reja 113%) tashkil etdi. Jumladan, neft-gaz tarmog‘ida 39 trln 330 mlrd so‘m (116%), elektr energetika tarmog‘ida 32 trln 961 mlrd so‘m (109%).
Jami 46,7 mlrd kub metr (90,3%) tabiiy gaz qazib chiqarildi. Suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish 2 mln 833 ming tonnani (89,7%), shundan neft 770,5 ming tonna (68,9%) va kondensat 2 mln 63 ming tonnani (101,1%) tashkil etdi.
Buning uchun, geologik-texnik tadbirlar doirasida respublika bo‘yicha 146 ta (75%) quduqda burg‘ilash ishlari, 183 ta (81%) quduqda murakkab turdagi ta’mirlash ishlari, 28 ta (88%) texnologik ob’ektlarda qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.
882,6 ming tonna (99,6%) suyultirilgan gaz, 1 mln 333 ming tonna (98,3%) avtobenzin, 1 006,5 ming tonna (86,8%) dizel yoqilg‘isi, 148,4 ming tonna (68,4%) mazut, 409,0 ming tonna (99,6%) polietilen va 82,2 ming tonna (102,8%) polipropilen ishlab chiqarildi.
Shuningdek, 78,0 mlrd kVt soat (98,1%) elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 69,6 mlrd kVt soat (98,5%), gidro elektr stansiyalarda 6,9 mlrd kVt soat (98,2%), blok-stansiyalarda 893,3 mln kVt soat (82,6%) va quyosh stansiyalarida 572,2 mln kVt soat (83,2%).
Respublika iste’molchilariga 66,1 mlrd kVt soat (shundan aholiga 19,4 mlrd kVt soat) elektr energiyasi va 42,3 mlrd kub metr (shundan aholiga 10,4 mlrd kub metr) tabiiy gaz yetkazib berildi.
Buning uchun, reja-grafikka muvofiq issiqlik elektr stansiyalaridagi 55 ta energoqurilma, shundan 14 ta energoblok (Yangi Angren IES bilan birga), 31 ta qozon, 9 ta bug‘-gaz qurilmasi va 1 ta gaz turbinasini mukammal ta’mirdan chiqarildi.
831 km (100%) magistral va 29 556 km (100%) taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari, 8 ta (100%) magistral podstansiyadagi transformator va 10 157 ta (100%) transformator punktlari to‘liq ta’mirlashdan chiqarildi.
Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi podstansiyalarning quvvati 1 452 MVAga “Qarshi” PS – 223 MVA, “Tomdi” PS – 600 MVA, “Yuksak” PS – 75 MVA, “Sokin” PS – 200 MVA, “Sherobod” PS – 125 MVA, “Chirchiq” PS – 125 MVA, “Saroy” PS – 125 MVA) oshirildi.
2023-yil 11-martdagi PQ–91-son qarorlariga muvofiq, “Sag‘bon” podstansiyasiga ikkita 25 MVA quvvatli transformator o‘rniga 2 ta 40 MVA quvvatli, “Yunusobod” va “Qo‘qon” podstansiyalarida 40 MVA quvvatli transformatorlar o‘rniga 63 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatildi.
Shuningdek, Yunusobod tumani elektr ta’minoti uchun 110 kV kuchlanishli “Dok-1” va “Dok-2” elektr uzatish tarmoqlarini “Yunusobod” podstansiyasiga ulash uchun uzunligi 2,3 km bo‘lgan 110 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i qurildi.
Yashnobod tumanida “Olmos” podstansiyasi qurilib, quvvati 63 MVAdan bo‘lgan 2 ta trasformator o‘rnatildi va 110 kV kuchlanishli 3 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Botanika” va “Astranomiya” podstansiyalari oralig‘idagi 3,7 km Shayxontoxur tumanida joylashgan “Sokin” va “Xadra” podstansiyalari oralig‘idagi 3,8 km hamda Yunusobod tumanida joylashgan “Toshkent siti” podstansiyasi va “RP-1,2” oralig‘idagi kabel tarmog‘ini yangilash ishlari doirasida 5,1 km uzunlikdagi 35 kV kuchlanishli kabel tarmoqlari yangilandi.
“Toshkent siti” podstansiyasiga “Traktorsoz” podstansiyasidan 110 kV kuchlanishli kabel tarmog‘ini yotqizish ishlari yakunlanib 19,8 km (100%), “Toshkent siti” podstansiyasiga 2 ta quvvati 80 MVA bo‘lgan transformator o‘rnatilib, T-1 transformatoriga kuchlanish berildi.
Shuningdek, 961 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 228 ta transformator punktlari yangilandi.
Bundan tashqari, elektr tarmoqlari bo‘yicha 1 429 ta avariyaviy brigada tashkil etilib, ular uchun 870 ta avtotransport va 470 ta maxsus texnika biriktirildi. Shuningdek, avariyaviy brigadalar uchun 1 299 ta har xil quvvatli transformator, 443,1 tonna transformator moyi, 135,1 tonna sim, 475,3 km kabel, 116 357 dona boshqa turli hil zaruriy ehtiyot qismlardan iborat avariyaviy zaxira yaratildi.
Shu bilan bir qatorda, tabiiy gaz ta’minoti tizimidagi 55,7 km (119%) magistral gaz quvurlarining nuqsonli qismi almashtirildi, 3 063 km (139%) qismining ichki sirti tozalandi, 119,0 km (100%) quvurlar yangidan qurildi, 41,1 km mukammal ta’mirlanib hamda kompressor stansiyalaridagi 88 ta (102%) gaz haydash agregati mukammal, o‘rta va joriy ta’mirdan to‘liq chiqarildib ishlar to‘liq yakunlandi.
284,2 km (118%) taqsimlovchi tarmoqlar mukammal ta’mirlandi va rekonstruksiyadan chiqarildi, 250 ta (102%) gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 62 799 tasi (100%) texnik taftishdan o‘tkazildi, 6 345,6 km (104%) quvurlar bosim ostida sinaldi va tozalandi, 6 686,0 km (113%) yer osti gaz quvurlarining holati tekshirilib ishlar to‘liq yakunlandi.
Respublika bo‘yicha 262 ta avariyaviy brigada tashkil etilib, ular uchun 220 ta avtotransport va 259 ta maxsus texnika biriktirildi hamda 567 ta payvandlash apparatlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, avariyaviy brigadalar uchun 33,0 km turli diametrdagi gaz quvurlari, 4,4 ming komplekt ehtiyot qismlar (zulfin, jumrak va x.k), 547 ta manometrlar, 5,9 tonna karbid hamda 2,1 tonna moylash materiallar zaxirasi yaratildi.
Investitsiya dasturi doirasida 94 ta loyiha bo‘yicha jami 7,3 mlrd dollar (reja 111%), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5,8 mlrd dollar (114%) xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Natijada, 16 ta loyiha doirasida 2,6 GVtga teng quvvatlar ishga tushirilib, yiliga 12 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 1,7 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyati hamda 377 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ma’lumot uchun: Sirdaryoda 1 000 MVtli 1 ta IES, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 1 317 MVtli 6 ta QES, Navoiyda – 100 MVtli 1 ta ShES hamda Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida – 190 MVt 8 ta GES.
Joriy yil 28-oktabrda Shirin shahrida “AKVA PAUER” kompaniyasi tomonidan jami quvvati 1 500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining quvvati 500 MVtga teng 1-gaz turbinasi ishga tushirildi. 16 dekabrda stansiyaning 2-chi gaz turbinasi ishga tushirilib, test-sinov ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun. Yangi stansiyada jami 330 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, shundan noyabrda – 90 mln kVt soat va dekabrda – 240 mln kVt soat.
Shuningdek, oktabrda Samarqand shahrida “Tepelen Grupp” kompaniyasi tomonidan 20 MVt quvvatli quyosh stansiyasi foydalanishga topshirildi.
27-dekabr kuni umumiy quvvati 2 397 MVt bo‘lgan 6 ta stansiyaning dastlabki 1 397 MVt quvvati tarmoqqa ulandi, shundan 1 297 MVt quyosh va 100 MVt shamol stansiyasi.
Yangi generatsiya quvvatlari ishga tushirilishini hisobga olgan holda, 2023 yil davomida yagona elektr energetika tizimida 220-500 kV kuchlanishli 95 km elektr tarmoqg‘i va 7 ta (2 882 MVA) podstansiya yangilandi hamda 831 km elektr tarmoqlari va 8 ta podstansiya kapital ta’mirlandi.
Shu bilan birga, hududlarda 0,4/110 kV kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilish dasturi doirasida 5 384 km elektr tarmoqlari hamda 12 ta 35/110 kV podstansiya va 1 359 ta transformator punkti yangilandi.
Shuningdek, 0,4/110 kV kuchlanishli 29 556 km elektr tarmoqlari va 6/10/0,4 kV kuchlanishli 10 158 ta transformator punktlari kapital ta’mirlandi.
Mahalliylashtirish dasturiga asosan 60 ta loyiha doirasida 7 trln 494 mlrd so‘mlik (119%) mahsulot ishlab chiqarildi. Shundan, neft-gaz bo‘yicha 20 ta loyiha doirasida 7 trln 429 mlrd so‘m (119%), elektr energetika bo‘yicha 40 ta loyiha doirasida 65,0 mlrd so‘m (127%).
Import hajmi 626 mln dollarga (106%) qisqardi, jumladan neft-gaz bo‘yicha 605 mln dollar (105%) va elektr energetika bo‘yicha 21 mln dollar (106%).
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 2 trln 721,4 mlrd so‘mga (155%) pasaytirildi. Jumladan, neft-gaz bo‘yicha 341 mlrd so‘m (155%) va elektr energetika bo‘yicha 2 trln 380 mlrd so‘m (155%).
Sohada 696 ta (134%), shundan soha korxonalarida – 381 ta (neft-gaz tarmog‘ida 214 ta (111%) va elektr tarmog‘ida 167 ta (439%), ishga tushirilgan investitsiya loyihalari doirasida – 315 ta (yangi Sirdaryo IES – 120 ta, QTEM – 195 ta) yangi ish o‘rinlari yaratildi.