O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-son Qaroriga muvofiq respublikada elektrmobillarga xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmasi, shu jumladan zaryadlash stansiyalari va servis markazlarini tashkil etishning rag‘batlantirish chora-tadbiri belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, “UNG Petro” MChJga qarashli Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan 89-sonli “Samarqand-2” nomli AYoQSHda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o‘rnatildi.
Elektrmobillarni rivojlantirilishi hozirgi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan mavjud bo‘lib ekologik muammolarni hal etish, innovatsion mahsulotlar uchun yangi bozorlarni shakllantirish imkoniyati sifatida qaralmoqda.
Shu munosabat bilan, kelgusida respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich korxonaning boshqa ob’yektlarida ham elektromobillarni zaryadlash stansiyasi o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.