Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizasiya va rekonstruksiya ishlari: 14 oktabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Andijon viloyati:

“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali filial xodimlari tomonidan shu kungacha 140 mingga yaqin uy ichi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib bo‘lindi.
Buxoro viloyati:

2021-2022 yillar kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish, gaz jihozlaridan samarali foydalanish maqsadida aholi xonadonlari, ijtimoiy tashkilotlarda bo‘lganlarida gaz jihozlari, qozonxonalar, dudbo‘ronlarga e'tiborli bo‘lish, ularning sozligiga ahamiyat qaratish hamda nosoz isitish moslamalaridan foydalanmaslik, gaz plitalar yaqinida kiyimlarni quritmaslik borasida ko‘rsatmalar bermoqda.
Navoiy viloyati:

Rejaga ko‘ra, isteʼmolchilarga 2021 yilning to‘rtinchi choragi davomida jami 4 315 tonna 300 kg, 2022 yilning birinchi choragi davomida esa 4 206 tonna 900 kg suyultirilgan gaz yetkazish rejalashtirilgan.

Mazkur fond har bir tuman va shahargaz gaz taʼminoti bo‘limlariga isteʼmolchi soniga qarab ajratiladi va maishiy gaz ballonlar ham shunga ko‘ra shakllantiriladi.
Namangan viloyati:

Davlatobod tumani Yelxon mahallasiga 2,1 km masofaga yangi tarmoq tortish uchun 105 dona temir beton tayanchlar hamda qo‘shimcha quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi.

Hozirda tayanchlarni o‘rnatish va aholi xonadonlariga SIP kabellarda tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda.
Samarqand viloyati:

Narpay tumanida “Olti o‘g‘il” MFYda 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘ining 1 km masofasiga zamonaviy SIP-2 kabellari tortilib, qo‘shimcha 15 dona temir-beton ustunlar o‘rnatish ishlari bajarildi.

Shuningdek, Narpay tumani “Islom shoir” mahallasidagi 345-transformator punktiga qo‘shimcha 100/6 kVli transformator punkti o‘rnatildi. Shu bilan birga, mazkur elektr uzatish tarmoqlariga 10 dona temir-beton ustunlari o‘rnatilib, 800 metr 6 kVli hamda 700 metr zamonaviy SIP-2 kabellari tortildi.
Sirdaryo viloyati:

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Mirzaobod tumani “Ahmedov” mahallasida “O‘zbekiston” ko‘chasiga uzunligi 2 km bo‘lgan 200 metr masofaga zamonaviy SIP tortish ishlari olib borildi.
Toshkent shahar:

Yakkasaroy tumanidagi bir qator mahallalarda, ijtimoiy soha obyektlari, jamoat joylarida, oliy o‘quv yurtlarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Tumanda 28 788 ta tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, har bir xonadondagi gaz priborlarga mutaxassislar mas’ul etib belgilangan.

Bektemir tumanidagi barcha yerli xonadonlar uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad birinchi navbatda tabiiy gaz ise’molchilarimizga sifatli va bir me’yorda gaz yetkazib berish hamda yo‘qotishlarning oldini olishdir.

Bu bo‘yicha ishchi-brigada tashkil etilgan “Nurafshon” mahallasida hozirga qadar 70 dan ziyod xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi.
Xorazm viloyati:

Bog‘ot tumanida kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida mahallalarda transformatorlarning holati o‘rganilib, eskilari yangilanmoqda. Tumandagi har bir transformator mukammal ta’mirlanmoqda. Korxona tomonidan “Obod”, “O‘zbekiston”, “Bog‘zor” mahallalarida mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Farg’ona viloyati:

Farg‘ona shahar hududida joylashgan 54 dona turli quvvatdagi transformator punktlari hamda 89,3 km uzunlikdagi 0,4-6 kVli elektr uzatish tarmoqlari to‘liq mukammal taʼmirlanib, kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirildi.
