Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 2 noyabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Namangan viloyati:

Namangan shahar Madaniy mahallasidagi 6 kVli havo tarmog‘i yangilanmoqda.

Namangan tumani “Qumqo‘rg‘on” MFYda quvvati 160 kVA bo'lgan 294- sonli transformator punktiga qo‘shimcha 1 dona yangi 250 kVA quvvatga ega transformator punkti olib kelib o‘rnatildi va hozirda sozlash ishlari bajarilmoqda.
Navoiy viloyati:

Navoiy shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati:

Ishtixon tumani “Xonaqo” mahallasiga qo‘shimcha bir dona quvvati 100 kVli yangi transformator va 14 dona temir-beton ustuni o‘rnatilib, 0.8 km uzunlikda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurildi.
Surxondaryo viloyati:

Denov tumani “Paxtakurash” mahallasi hududida joylashgan 353sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘ida temir-beton ustunlarni o‘rnatish ishlari bajarildi.
Toshkent shahar:

Bektemir tumanining qator MFY hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal ta’mirdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona viloyati:

Rishton tumanining “Chuburg‘on” MFYdagi 908–sonli transformator punktiga yangi temir-beton tayanchlarga butlovchi qismlar o‘rnatilib, kabel tarmog‘ini tortish ishlariga shay holatga keltirildi.

Toshloq tuman “Qo‘rg‘oncha” MFYda yangi 30dan ortiq temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Buvayda tumani “Beshterak” MFY hududida 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i uchun tayanch o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Marg‘ilon shahrining “Ipakchi” MFYda joylashgan “Nurli oy” ko‘chasiga quvvati 250 kVА bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi.
