Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 8 noyabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Samarqand viloyati:
Jomboy tumani “Qo‘lbosti” mahallasidagi 9739-transformator punktiga qo‘shimcha 250/10 kVli yangi transformator punkti, 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘iga 25 dona temir-beton ustunlari o‘rnatilib, 1,4 km uzunlikda zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari bajarildi.
Sirdaryo viloyati:
Sayxunobod tumani “Gulbuloq” mahallasiga 160 kVA quvvatga ega yangi transformatorlar o‘rnatildi.
Toshkent shahar:
Uchtepa tuman “O‘rikzor” MFY hududida bir dona yangi zamonaviy quvvati 10 kV kuchlanishga ega bo‘lgan yangi TP va 2 GKTP 410/10 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi.