Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 12 noyabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Andijon viloyati:
Xo‘jaobod tumani “Chimbuloq” MFY hududida 1 dona KTPs-100/10 transformator punkti o‘rnatildi va 18 dona 10/0.4 kV kuchlanishli yangi temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 800 metr uzunlikdagi SIP (3*35) kabel tarmoqlari tortildi.
Buxoro viloyati:
Buxoro shahar “Zarafshon” MFY Mustaqillik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi.
Jizzax viloyati:
Sharof Rashidov tumani, Tuyoqli MFY hududida 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun 15 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Zarbdor tumani, Ravot MFY hududidagi 36 ta yangi xonadonlar elektr energiyasiga ulanmoqda.
Namangan viloyati:
Namangan shahar, Davlatobod tuman “O‘rta Rovuston” mahalla fuqarolar yig‘ini “Kurmak” ko‘chasiga 5 km masofaga yangi tarmoq tortish uchun 115 dona temir-beton tanyachlar o‘rnatildi.
Navoiy viloyati:
Nurota tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida mavsumni betalofat o‘tkazish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda va ID-kartalar taqdim qilinib, gaz xaridi uchun hisob-kitobda avtomatlashtirilgan tizim imkoniyatlaridan foydalanish kerakligi tushuntirilmoqda.
Sirdaryo viloyati:
Boyovut tumani “Uchturgon” MFY hududida barpo etilayotgan kop qavatli uylar uchun 1 dona quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punkti va 540 metr uzunlikda 0.4 kV kabel tarmoqlari tortilmoqda.
Sayxunobod tumanining “Nurobod” mahallasida joriy yil 3 dona yangi turli quvvatdagi transformatorlar o‘rnatilib, 3 km 800 metr masofada elektr uzatish tarmoqlari qurildi.
Surxondaryo viloyati:
Denov tumani “Qovunlisoy” mahallasi hududida joylashgan podstansiya “Xurmazor” 35/10 kV F-1 10 kVli elektr uzatish tarmog‘ida rekonstruksiya temir-beton ustunlar o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.