Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 18 noyabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Andijon viloyati:
Izboskan tumani “Tinchlik” MFY hududida 10/0,4 kV kuchlanishli yangi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.
Andijon shahar “Yangi turmush” MFY hududidagi 400 KVA 91-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli 900 metr uzunlikdagi havo tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Xonobod shahrining “Navoiy” MFY Kelejak ovozi ko‘chasida quvvati 100 kVA bo‘lgan transforamator punkti, “Jannatmakon” MFY hududiga quvvati 100 kVA bo‘lgan tranforamotor punkti o‘rnatildi va 1 km uzunlikdagi SIP tarmog‘i tortildi. Hozirda “Anhor” mahallasida 500 m 10 kV havo tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Jizzax viloyati:
Zarbdor tumani, Oqar QFYda aholi xonadonlarini murojatlari bo‘yicha 20 dona 0,4 kVli temir-beton tayanch ustunlari olib kelib o‘rnatilmoqda va SIP kabellari tortilmoqda.
Zarbdor tumani kichik sanoat zonasi faoliyatini boshlashi uchun elektr uzatish tarmog‘i tortish ishlari boshlanmoqda. Shuning uchun 12 dona temir-beton tayanch ustunlari olib kelindi.
Mirzacho‘l tumani, Do‘stlik MFY, Ulug‘bek ko‘chasida 5 ta ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 10 kVli 300 metr elektr uzatish tarmoqlari tortilib, 160 kVA transformator punkti ishga tushirildi.
Arnasoy tumani, “Chinobod” MFY hududida temir-beton tayanch ustunlari tortilib, 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.
Forish tumani, Garasha MFY hududidagi Yakkatol qishlog‘ida 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun 29 dona temir-beton tayanch ustunlari, 10 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun 12 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi va zamonaviy SIP rusumli izolyatsion kabeli orqali 1500 metr 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari, AS 35 sim orqali 600 metr 10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari tortildi, 1 dona 100 kVA trasnformator punkti o‘rnatildi.
Forish tumani, O‘zbekiston MFY, Baxt ko‘chasida 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun 30 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish, zamonaviy SIP rusumli izolyatsion kabeli orqali 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarini tortish hamda 100 kVA transformator punktini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sharof Rashidov tumani, Yangidiyor MFY hududida 44 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, 2200 metr 10 kVli elektr uzatish havo tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Zafarobod tumani, Pistalkent MFY, Sherobod ko‘chasida 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari uchun 13 dona, 10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari uchun 12 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatildi. 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlariga SIP kabeli tortilmoqda va 1 dona 160 kVAli yangi transformator punkti olib kelindi.
Namangan viloyati:
Namangan shahar Davlatobod tumani Nurobod MFY Bog‘dorchilik ko‘chasi va Olmazor ko‘chalarida 50 dan ortiq temir-beton tayanchlari 2.5 km SIP kabel tortilib, tumandagi transformator yangi quvvati 250 kVA bo‘lgan transformatorga almashtirish ishlari bajarilmoqda.
Uychi tumani Quruvboshi mahallasidagi 7,5 metr bo‘lgan temir-beton tayanchlarga yangi tarmoqlar tortilmoqda.
Navoiy viloyati:
Tomdi tumanida 2 151 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, ular to‘liq suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Joriy yilning to‘rtinchi va 2022 yilning birinchi choragi davomida jami 172 tonna 760 kg mahsulot yetkazilishi rejalashtirilgan. Iste’molchilar gaz xaridi uchun to‘liq ID-kartadan foydalanmoqda.
Navbahor tumani “Paxtakor” MFY hududida 55 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda va quvvati 160 kVА bo‘lgan 2 dona transformator punkti o‘rnatilib, havo tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Boysun tumani “Tuzbozor” mahallasida 7 dona, Denov tumani “Yurchi” mahallasida 7 dona, Qiziriq tumani “Rabatak” mahallasida 5 dona, Sariosiyo tumani “Ayraport” mahallasida 3 dona, Termiz shaharda “Guliston” mahallasida 8 dona, “Shifokor” mahallasida 5 dona va “Tuproqo‘rg‘on” mahallasida 4 dona hamda Sho‘rchi tumani “Joyilma” mahallasida 2 dona jami bo‘lib, 41 dona GRPlarni joriy va mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi.
Toshkent viloyati:
Oxangaron tumanida is gazini oldini olish, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inni oldini olish bo‘yicha joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirilgan tarzda olib borilmoqda.
Toshkent shahar:
Uchtepa tumani “Cho‘pon ota” uzatmasidan ta’minlanuvchi quvvati RU-0,4 kV bo‘lgan past kuchlanishli TP-2110-sonli transformator podstansiyasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.