Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 25 noyabr kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
Namangan viloyati:
Yangiqo‘rg‘on tumani Xo‘jasho‘rkent mahallasi Bog‘ ko‘chasida quvvati 400 kVA yangi transformator punkti o‘rnatildi va 70 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 2,5 km masofaga yangi tarmoq tortish ishlari bajarildi.
Navoiy viloyati:
Navoiyda yil boshidan buyon 5 mingtaga yaqin nostandart gaz jihozlari tejamkor uskunalarga almashtirildi. Joriy yilning oktabr oyidan hozirgacha 696 marta is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvlari, seminarlar o‘tkazildi va fuqarolarga 40 300 dona eslatma va ogohlantirish xatlari tarqatildi.
Toshkent viloyati:
Yangiyo‘l tuman “Ozod” MFYdagi 110/35/6 kVlik “OZOD” nimstantsiyasida mavjud 10 000 kVА quvvatli transformatorini 16 000 kVАlik transformatoriga almashtirish ishlari olib borildi.