2017 yilning 5 aprelida mamlakat Prezidenti “O'zbekiston mustaqilligi” investisiya bloki bo‘yicha “mustaqillikning 25 yilligi” konini qo'shimcha razvedka qilish va qazish, Surxandaryo viloyatida gazkimyo kompleksini qurishni ko'zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi va investorlar konsortsiumi o‘rtasidagi mahsulot taqsimotiga oid bitimni imzoladi. Loyiha operatori sifatida Surhan Gas Chemical Operating Company kompaniyasi tashkil qilindi.
Loyihaning maqsadi kondagi ishlarni tashkil qilish, quduqlarni burg‘ulash, yiliga 5 mlrd. kub. m hajmdagi tabiiy gazni qazish, tayyorlash va qayta ishlashdan iborat. 5 yillik faoliyati davomida Surhan Gas Chemical Operating Company tomonidan ushbu maqsadga erishish uchun salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
2018-2023 yillar mobaynida yiliga 5 mlrd. kub. m gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega gazni qayta ishlash zavodini (GQZ) va tashqi infratuzilmani qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) konidagi ishlarni tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Surhan Gas Chemical Operating Company oldiga konni o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa ma’lum qiyinchiliklari bilan ajralib turadi.
“Gadjak” maydonidagi dastlabki razvedka ishlari 1938 yildayoq o‘tkazilgan. 1941 yilda qidiruv qudug‘ini burg‘ulash natijalariga ko‘a nosanoat xarakteridagi neftning dastlabki belgilari aniqlangan. Tarkibida gaz mavjud bo‘lgan qatlamlar esa 1976 yilda yura davri karbonat qatlamlarida aniqlangan.
Gazga boy qatlamlarga kelsak, ular yura davri karbonat qatlamlarida 1976 yilda ochilgan.
Ammo, qatlamlarda vodorod sulfidning yuqori miqdori va konning murakkab tog’meteorologik sharoitlari umuman o'zgacha texnologiya va asbob-uskunalarni talab qilar, biroq u vaqtda ular mavjud emas edi.
Istiqbolli konni o‘zlashtirish mamlakat iqtisodiyotida va qisman uning neft-gaz sektorida eng etakchi xalqaro tajribadan foydalanishga intiluvchi mustaqil O'zbekiston sharoitlarida mutlaqo yangi hayotga qadam qo‘ydi.
Qayd etilganidek, 2017 yil 5 aprel kuni mamlakat Prezidenti tomonidan “Mustaqillikning 25 yilligi” konini o'zlashtirishda mutlaqo yangi bosqichga tomon yangi qadam bo'lgan bitim imzolandi.
O'sha yili №1-O quduqdan dastlabki burg‘ilash ishlari amalga oshirildi, 2019 yilda esa o‘sha quduqda sanoat gazi oqimi olindi.
Konni o‘zlashtirish uchun eng yaxshi xalqaro tajriba qo'llaniladi, Bosh pudratchi sifatida ERIELL Group neft-gaz servis kompaniyasi jalb qilingan, HALLIBURTOON va Shlumberger kabi nufuzli transmilliy korporasiyalar tajribasidan foydalanilmoqda, buning natijasida quduqlarning og'zidan 1000 m dan ko'proq masofa narida Nishab yo‘naltirilgan quduqlar ustidan sanoat geofizik tadqiqotlari muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Murakkab konni o‘zlashtirish ustida ish olib borgan Surhan Gas Chemical Operating Company, nafaqat loyiha bosqichlarini amalga oshirmoqda, balki O'zbekistonning butun neft-gaz sektori, uning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim bo'lgan noyob tajriba yaratmoqda.
Masalan, konda O‘zbekistonda ilk bor butun loyiha doirasida quduqlarni tarmoqli burg‘ilash kontsepsiyasi qo‘llanildi. Aynan shu erda, kunlik qazish bo‘yicha rekordlar o‘rnatildi.
Shuningdek, mamlakatda birinchi bor bu erda yuqori harorat va qatlamning yuqori bosimi sharoitlarida 4749 m chuqurlikdagi yura va paleozoy davri qatlamlariga quduq qazildi. Bu hali har kuni to‘lib borayotgan yangi ishlanmalar, noyob uslublar, rekordlarning to‘liq ro‘yxati emas.
Umuman olganda, Surhan Gas Chemical Operating Company uchun “M-25” da noyob echimlarni muntazam izlash zaruriyati Operatorga qurilishga sarflanadigan vaqtincha va moliyaviy xarajatlarni anchagina kamaytirishga ko'mak bergan ilg‘or texnologik echimlarni sinab ko‘rish imkonini berdi.
Parallel ravishda Operator loyihaning EPC-buyurtmachisi, Enter Engineering Pte LTD bilan birgalikda gazni qayta ishlash zavodiga oid loyiha hujjatlarini tayyorlash bo'yicha ish olib borilmoqda. Xususan, 2019 yilda Shell Global Solutions International B.V kompaniyasi bilan texnologiyalardan foydalanish to'g'risida lisenziya bitimi imzolanib, uning doirasida lisenziar tomonidan gaz va oltingugurtni tayyorlashning asosiy texnologik jarayoni loyihalashtirildi hamda Gazni qayta ishlash zavodining asosiy texnologik uskunalari tanlab olindi.
Yirik xalqaro injiniring kompaniyasi Amec Foster Wheeler - Wood bilan hamkorlikda (FEED) zavod bo'yicha asosiy muhandislik-texnik echimlar ishlab chiqildi.
Bugungi kunda asosiy texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish ishlari yakuniy bosqichda, ularni montaj qilish ishlari boshlandi.
Gazni qayta ishlash zavodi tarkibiga asosiy ishlab chiqarish bo‘yicha 25 ta texnologik uskuna va umumzavod xo‘jaligi obyektlari kiradi, ularning qatorida Skot usuli bo‘yicha tozalashni yakunlash bo‘yicha Klaus usuli bilan oltingugurt olish uskunasi ham bor.
Surhan Gas Chemical Operating Company o‘zining 5 yilligini “Mustaqillikning 25 yilligi” konini o‘zlashtirish bo‘yicha har kungi tajribasida shakllangan salmoqli muvaffaqiyat, mamlakatimizda gaz qazib olishni ko‘tarish, energetik xafsizligi va uning iqtisodiy rivojini ta’minlashdagi dadil qadamlari bilan kutib olmoqda.