So‘nggi yillarda ko‘plab davlatlarda kuzatilayotgan anomal sovuq va issiq harorat tufayli energiya resurslariga bo‘lgan talabning keskin oshib ketishi va elektr tarmoqlarida yuklamalarning ortishi fonida qator rivojlangan mamlakatlar elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha chaqiriqlar eʼlon qilmoqda.
Qishning qirovli va yozning anomal issiq kunlaridagi energiya taʼminoti bir qator rivojlangan davlatlarni tashvishga solmoqda. Xususan, 2022-yilda yuzaga kelgan anomal issiq tufayli elektr energiyasida uzilishlar kuzatilib, buning natijasida ko‘plab davlatlar – Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Yevropa ittifoqi, AQSH, Xitoy va Yaponiyada energiyani tejash bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniyalar boshlandi. Xususan:
Germaniya
Joriy yil 10-iyun kuni Germaniya iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek Germaniyada energiyani tejash bo‘yicha umummilliy kampaniya boshladi. Xususan, o‘zi boshqargan vazirlikni namuna sifatida ko‘rsatishga qaror qilganini eʼlon qildi. U o‘z binosi fasadining tungi yorug‘ligini, sanʼat asarlari va favvoralarning orqa yorug‘ligini va konditsioner tizimini butunlay o‘chirib qo‘ydi.
Germaniya Oila, keksalar, ayollar va yoshlar ishlari vazirligida konditsionerlar havoni avvalgidek 22 darajaga emas, balki atigi 23 darajagacha sovutadi, Tashqi ishlar vazirligi, Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish, Yadro xavfsizligi va isteʼmolchilarni himoya qilish idoralarida esa, konditsionerlar haroratini tashqarida havo harorati 30 darajadan oshsagina 24 darajaga tushirishi belgilab berildi. https://www.dw.com/ru/jekonomija-jenergii-stanovitsja-nacionalnoj-strategiej-frg-francii-i-japonii/a-62293545.
Germaniyada energiya inqirozi jiddiy: Germaniyada ilk bor ko‘mir elektr stansiyasi qayta ishga tushirildi
Bunday qaror qabul qilinishiga butun mamlakat bo‘ylab yuzaga kelayotgan energiya taqchilligi bilan bog‘liq muammo sabab bo‘ldi.
Bunday qaror energiya inqirozi tahdidi tufayli tabiiy gazni tejash maqsadida qabul qilingan vaqtinchalik xususiyatga ega chora hisoblanadi https://uza.uz/uz/posts/germaniyada-ilk-bor-komir-elektr-stanciyasi-qayta-ishga-tushirildi_394799.
Bank of America: Yevropadagi gaz inqirozi. Fransiya va Germaniya shaharlari yoqilg‘i inqirozi fonida energiya tejashni boshladi
Fransiya va Germaniya allaqachon gaz taʼminotini ratsionga kiritish yo‘llarini izlamoqda va baʼzi Germaniya shaharlari energiya tejash uchun binolar va yodgorliklarga energiya tejash formatiga o‘tishga ham ulgurdi.
Avvalroq Germaniyaning Augsburg shahrida yoqilg‘i inqirozi tufayli tarixiy binolarning yoritilishini o‘chirish, chiroqlarni xiralashtirish va favvoralarning ishlash vaqtini qisqartirish orqali energiyani tejashga kirishgani xabar qilingandi.
Shunday qilib, Augsburg, Germaniyaning boshqa ko‘plab shaharlari kabi, yoqilg‘i inqirozi fonida energiya tejashni boshladi https://sof.uz/uno1.
Fransiya
Mamlakatning TotalEnergies, EDF i Engie energetika kompaniyalari fransuzlarni energiyani tejashga undamoqda.
“Eng yaxshi energiya biz iste’mol qilmaydigan energiyadir”, deyiladi joriy yilning 26 iyun kuni Fransiyaning Journal du Dimanche haftalik jurnalida chop etilgan ochiq xatda.
Yirik fransuz biznesi sardorlari “Har bir iste’molchiga, har bir biznes vakillariga” murojaat qilib, ularni “pozisiyani o‘zgartirishga va elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlari iste’molini darhol cheklashga” chaqirmoqda. Anomal issiqdan betalofat o‘tish va kelgusi qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, birinchi navbatda, tabiiy gaz zaxiralarini to‘ldirish uchun energiyani tejash zarur ekanligi ta’kidlanmoqda https://www.dw.com/ru/jekonomija-jenergii-stanovitsja-nacionalnoj-strategiej-frg-francii-i-japonii/a-62293545.
Yaponiya
Joriy yilning 26-iyun kuni, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi elektr energiyasini tejash bo‘yicha ikkinchi chaqiriqni eʼlon qildi. Yaponiyada 2011 yildan buyon aholiga bunday murojaatlar bo‘lmagan. Buning sababi anomal issiq bo‘lib, joriy yilda Yaponiyada hech qachon kuzatilmagan havo harorati 40 darajadan yuqoriga chiqdi. Natijada issiq harorat tufayli konditsionerlarning ishlashi elektr energiyasi isteʼmolining o‘sishiga olib keldi va energiya taʼminoti barqarorligini xavf ostiga qo‘ydi.
Shunday qilib, iyun oyida Yaponiya hukumatining issiqlik to‘lqini tufayli elektr energiyasini tejashga chaqirishi, aslida, energiya tejash bo‘yicha yangi umummilliy kampaniyaning boshlanishini anglatadi https://www.dw.com/ru/jekonomija-jenergii-stanovitsja-nacionalnoj-strategiej-frg-francii-i-japonii/a-62293545.
Shvetsiya
Shvetsiya: mamlakat energetika tizimidagi avariyalarning oldini olish uchun o‘chirishlar zarur
Shvetsiya elektr tarmog‘ining operatori “Svenska kraftnät”ning aytishicha, qishda shvedlar ertalab elektr tokining o‘chirilishini kutishadi.
Sababi — Yevropada allaqachon klassik energetika inqirozi, deb yozadi “Dagens Nyheter” gazetasi.
Kompaniyaning tushuntirishicha, mamlakat energetika tizimidagi avariyalarning oldini olish uchun o‘chirishlar zarur.
Ertalab elektr taʼminotidagi uzilishlar, ayniqsa, qishda, ayniqsa Shvetsiyada “chiroyli” kayfiyat va “yaxshi” ish kunining kalitidir https://t.me/sputniklive/43135.
Taʼkidlash kerakki, global iqlim o‘zgarish oqibatida elektr energiyasini tejashga chaqiriqlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilmoqda:
1. Texas shtati https://ourtx.com/archives/72692
2. Yevropa ittifoqi https://nokta.md/evrokomissiya-chtoby-strany-es-ogranichili-do-19-gradusov-temperaturu-v-obshhestvennyh-zdaniyah/
6. AQSH https://news.google.com/articles/CAIiELpnfePwS3h2JCLmY-ihtZUqFwgEKg4IACoGCAow28c3MKzqBzD-0ZsD?uo=CAUiANIBAA&hl=en-US&gl=US&ceid=US%3Aen va hokazo.