Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлиги
  • РУ
  • ЎЗ
  • EN
  • Вазирлик ҳақида
    • Вазирлик ҳақида
    • Ҳайъат
    • Раҳбарият
    • Бўш иш ўринлари
    • Вазирлик тузилмаси
    • Илмий-техник кенгаш
    • Марказий аппарат
  • Матбуот маркази
    • Янгиликлар
    • Эълонлар
    • Раҳбариятнинг чиқиш ва баёнотлари
    • Медиа-режа
    • ОАВ биз ҳақимизда
    • Ахборот хизмати билан боғланиш
    • Мурожаатлар статистикаси
    • Энергия самарадорлиги бўйича ахборот портали
    • Ўзбекистон қаҳрамони
    • Тарифлар
    • Очиқ маълумотлар портали
    • Илмий ишлар
    • Режалаштирилган ўчиришлар
  • ФАОЛИЯТ
    • Ривожланиш концепцияси ва инвестицион имкониятлар
    • Нефть ва газ тармоғи
    • Электр энергетика тармоғи
    • Атом энергетикаси соҳаси
    • Қайта тикланувчи энергия манбалари
    • Энергия самарадоролиги ва энергия тежамкорлиги
    • Энергетика соҳасида давлат назорати
    • Нефть ва газ соҳасида давлат назорати
    • Халқаро ҳамкорлик
    • Коррупцияга қарши кураш
    • Одоб-аҳлоқ қоидалари
    • Битимларни амалга ошириш гуруҳи
  • Ҳужжатлар
    • Қонунлар
    • Президент фармон, қарор ва фармойишлари
    • Ҳуқумат қарори ва фармойишлари
    • Адлия вазирлигида рўйхатдан ўтган меъёрий ҳужжатлар
    • Касб стандартлари
  • Боғланиш
  • Ёшлар иттифоқи
    • Фаолият
    • Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
    • Ташкилий тузилма
    • Янгиликлар
    • Фото лавҳа
  • Save Energy
    • Янгиликлар
    • Қоидалар
    • Танлов комиссияси
    • Ариза
  • Касаба уюшмаси
    • Янгиликлар
    • Эълонлар
  • Очиқ маълумотлар
    • Очиқ маълумотлар

Сайт бўйича қидирув

Ўзбекистон Республикаси
Энергетика вазирлиги
  • E-mail: info@minenergy.uz
  • Кўриниш

    A
    A
    A

    Шрифт ўлчами

    0% га катталаштириш
    0% га катталаштириш
  • РУ
  • ЎЗ
  • EN
  • Вазирлик ҳақида
    • Вазирлик ҳақида
    • Ҳайъат
    • Раҳбарият
    • Бўш иш ўринлари
    • Вазирлик тузилмаси
    • Илмий-техник кенгаш
    • Марказий аппарат
  • Матбуот маркази
    • Янгиликлар
    • Эълонлар
    • Раҳбариятнинг чиқиш ва баёнотлари
    • Медиа-режа
    • ОАВ биз ҳақимизда
    • Ахборот хизмати билан боғланиш
    • Мурожаатлар статистикаси
    • Энергия самарадорлиги бўйича ахборот портали
    • Ўзбекистон қаҳрамони
    • Тарифлар
    • Очиқ маълумотлар портали
    • Илмий ишлар
    • Режалаштирилган ўчиришлар
  • ФАОЛИЯТ
    • Ривожланиш концепцияси ва инвестицион имкониятлар
    • Нефть ва газ тармоғи
    • Электр энергетика тармоғи
    • Атом энергетикаси соҳаси
    • Қайта тикланувчи энергия манбалари
    • Энергия самарадоролиги ва энергия тежамкорлиги
    • Энергетика соҳасида давлат назорати
    • Нефть ва газ соҳасида давлат назорати
    • Халқаро ҳамкорлик
    • Коррупцияга қарши кураш
    • Одоб-аҳлоқ қоидалари
    • Битимларни амалга ошириш гуруҳи
  • Ҳужжатлар
    • Қонунлар
    • Президент фармон, қарор ва фармойишлари
    • Ҳуқумат қарори ва фармойишлари
    • Адлия вазирлигида рўйхатдан ўтган меъёрий ҳужжатлар
    • Касб стандартлари
  • Боғланиш
  • Ёшлар иттифоқи
    • Фаолият
    • Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
    • Ташкилий тузилма
    • Янгиликлар
    • Фото лавҳа
  • Save Energy
    • Янгиликлар
    • Қоидалар
    • Танлов комиссияси
    • Ариза
  • Касаба уюшмаси
    • Янгиликлар
    • Эълонлар
  • Очиқ маълумотлар
    • Очиқ маълумотлар
Energetika vazirligi: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitasiga “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan axborot berildi
  • Асосий
  • Матбуот маркази
  • Energetika vazirligi: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitasiga “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan axborot berildi


2022-yil 5-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining joylardagi ijrosini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida hamda 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”ga moʻljallangan davlat dasturining 164-bandi ijrosi yuzasidan axboroti berdi.
 

Respublikamizning ustuvor yoʻnalishlardan biri, yaʼni barchamiz uchun global masalalarga aylanayotgan elektr energiyasining zarurligi va undan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energetikani joriy etish choralarini koʻrishdan iboratdir.

 

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda aholining energiya resurslariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda energetika sohasini tubdan isloh qilish masalalarida butkul yangi tizim tashkil etish boʻyicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarliklarida soʻnggi yillarda koʻplab yigʻilishlar va uchrashuvlar oʻtkazildi. Tegishli Qonunlar, Xalqaro bitimlar, qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi.

Xususan, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda 2020-yil 14-iyundagi “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

 

Ushbu Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida, Prezidentimizning 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinib, ular ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2020-2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining 25 ta yirik energiya sarflovchi korxonalarida 3,3 mlrd kVt.soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd kub. metr tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejash boʻyicha choraklar kesimida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Mazkur chora-tadbirlarga binoan, iqtisodiyot tarmoqlarida 2020 yilda 916,84 mln kVt.soat elektr energiyasi, 1371,93 mln metr kub tabiiy gaz va 5,4 ming tonna neft mahsulotlarini tejashga erishildi.

 

Iqtisodiyot tarmoqlarida 2021-yil davomida 1,7 mlrd kVt.soat (111,1 foiz) elektr energiyasi, 1,6 mlrd kub metr (209,4 foiz) tabiiy gaz va 12,4 ming tonna (213,3 foiz) neft mahsulotlari tejalishiga erishildi.

Eshituvda taʼkidlanganidek, 2020-2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida 2,4 mlrd kVt.soat elektr energiyasi, 1,7 mlrd kub.metr tabiiy gaz va 11,3 ming tonna neft mahsulotlarini tejash belgilangan boʻlsa, amalga oshirilgan chora-tadbirlar 2020-21-yillar davomida 2,6 mlrd kVt.soat (107,3 foiz) elektr energiyasi, 2,9 mlrd kub metr (169,8 foiz) tabiiy gaz va 17,8 ming tonna (157,5 foiz) neft mahsulotlari tejalishiga erishilgan.

2022-yil davomida 855,5 mln kub metr tabiiy gaz, 872,9 mln kVt.soat elektr energiyasi va 11,7 ming tonna neft mahsulotlarini, jumladan joriy yilning I-yarim yilligi davomida 380,76 mln kub myetr tabiiy gaz, 361,11 mln kVt.soat elektr energiyasi va 5,8 ming tonna neft mahsulotlarini iqtisod qilish rejalashtirilib, vazirlik va idoralardan olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilning I-yarim yilligi yakuni bilan 817,16 mln kub metr (214,6 foiz) tabiiy gaz, 447,0 mln kVt.soat (123,8 foiz) elektr energiyasi va 8,3 ming tonna (143,8 foiz) neft mahsulotlarini tejalgan.

 

Yirik sanoat korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolini tahlil qilish va prognozlashtirish, ishlab chiqarilgan (isteʼmol qilingan) energiyani hisobga olish maʼlumotlarini avtomatik tarzda yigʻish, tizimlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, yirik sanoat korxonalarining energiya samaradorligini aniqlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent Davlat texnika universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda “Sanoat korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida energiya resurslari isteʼmolini tahlil qilish va prognozlash axborot tizimi” yaʼni “Yagona axborot tizimi” yaratildi.

Yuqoridagi Qonun va Qarorlar topshiriqlariga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari – hududiy komissiyalarda hamda iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiyadan oqilona foydalanish tadbirlarning bajarilishi oʻrganildi hamda jami 40 ta koʻrgazma va davra suhbati oʻtkazilishi taʼminlandi.

Shu kuni, Qoʻmita tomonidan tashkil etilgan eshituv davomida, deputatlar 2022 yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”ga moʻljallangan davlat dasturining 164-bandi ijro etilishi holati yuzasidan Energetika vaziri oʻrinbosari Shyerzod Xodjayevning axborotini eshitishdi.

 

Taʼkidlandiki, 2022-yilga moʻljallangan Davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida respublika hududidagi taqsimlovchi elektr tarmoqlarini yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 18-martdagi “2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugungi kunda jami 1 164,9 km taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari va 395 ta transformator punktlari qurish va yangilash ishlari olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar jami 2 792,5 km taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari va 1 110 ta transformator punktlari yangilanadi.

Bundan tashqari, “2022-2026-yillarda respublikaning 0,4-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur qarorda jami 76 000 km.dan ortiq taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari va 20 000 taga yaqin transformator punktlari rekonstruksiya qilinishi koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, taqsimlovchi elektr tarmoqlarida texnologik yuqotishlarni 50 foizgacha 4 mlrd kVt.soatga kamaytirish Qibray tumanida sinov tariqasida loyiha ishga tushirilgan. Loyiha doirasida Toshkent viloyati Qibray tumani Istiqlol MFYda sinov tariqasida taqsimlovchi elektr tarmogʻida quvvati 400 kVA boʻlgan transformator punktini jami 7 ta, jumladan 3 ta quvvati 63 kVAli va 4 ta quvvati 40 kVAli transformator punktlariga almashtirish koʻzda tutilgan.

Bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari toʻliq ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning Toshkent viloyati filiali tomonidan ijobiy xulosa olingan.

Shuningdek, qurilishi rejalashtirilgan transformator punktlari obyekt hududiga olib kelinib, 150 ta tayanchdan 50 tasi oʻrnatilgan. Loyiha joriy yilning 20-avgustiga qadar ishga tushiriladi.

Taʼkidlanishicha, respublikamizning magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida jami 101,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari qurilib, 318 ta tayanchdan 190 tasi oʻrnatildi.

Jizzax viloyatida 220 kVli “DNS” podstansiyasida ikkita 125 MVAlik avtotransformatori hamda Goʻzal PS OTQ-220 kVda ikkita yacheykaga kengaytirildi, (DNS-1,2) elektr qurilmalari oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Qashqadaryo viloyatida 220 kVli “Amir Temur” podstansiyasi qurilib, bitta 125 MVAlik avtotransformator ishga tushirildi.

Joriy yil yakuniga qadar 125 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalar qurilishi taʼminlanadi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda aholining energiya resurslariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirish maqsadida davlatimiz tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda deputatlar sohada olib borilayotgan chora-tadbirlar barcha hududda izchillik bilan tashkil etilayotgani, ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan amaliy ishlarni ijobiy baholadi. Shu bilan birga deputatlar respublikada joriy va keyingi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud muammolarni barataraf etish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar berdilar.

Bahs-munozaralarga boy boʻlgan tadbirda muhokama etilgan masala yuzasidan qoʻmita va vazirlikning oʻzaro hamkorlikda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari belgilab olindi va qoʻmitaning taklif va tavsiyalari aks etgan tegishli qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

05.08.2022
307
Охирги янгиликлар
Энергетика вазирлиги: Президент қарори билан нефть ва газ соҳасида таълим-ишлаб чиқариш кластери ташкил этилди
08.07.2022
796
Сўнгги йилларда Энергетика вазирлиги ва тизим ташкилотлари томонидан амалга оширилган йирик ишлар
30.06.2022
738
INVITATION TO PREQUALIFIED BIDDERS TO REQUEST FOR PROPOSAL (RFP) STAGE FOR 3 SOLAR PV PLANTS IN UZBEKISTAN
29.06.2022
738
Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлиги
  • Вазирлик ҳақида
    • Вазирлик ҳақида
    • Ҳайъат
    • Раҳбарият
    • Бўш иш ўринлари
    • Вазирлик тузилмаси
    • Илмий-техник кенгаш
    • Марказий аппарат
  • Матбуот маркази
    • Янгиликлар
    • Эълонлар
    • Раҳбариятнинг чиқиш ва баёнотлари
    • Медиа-режа
    • ОАВ биз ҳақимизда
    • Ахборот хизмати билан боғланиш
    • Мурожаатлар статистикаси
    • Энергия самарадорлиги бўйича ахборот портали
    • Ўзбекистон қаҳрамони
    • Тарифлар
    • Очиқ маълумотлар портали
    • Илмий ишлар
    • Режалаштирилган ўчиришлар
  • ФАОЛИЯТ
    • Ривожланиш концепцияси ва инвестицион имкониятлар
    • Нефть ва газ тармоғи
    • Электр энергетика тармоғи
    • Атом энергетикаси соҳаси
    • Қайта тикланувчи энергия манбалари
    • Энергия самарадоролиги ва энергия тежамкорлиги
    • Энергетика соҳасида давлат назорати
    • Нефть ва газ соҳасида давлат назорати
    • Халқаро ҳамкорлик
    • Коррупцияга қарши кураш
    • Одоб-аҳлоқ қоидалари
    • Битимларни амалга ошириш гуруҳи
  • Ҳужжатлар
    • Қонунлар
    • Президент фармон, қарор ва фармойишлари
    • Ҳуқумат қарори ва фармойишлари
    • Адлия вазирлигида рўйхатдан ўтган меъёрий ҳужжатлар
    • Касб стандартлари
  • Боғланиш
  • Ёшлар иттифоқи
    • Фаолият
    • Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
    • Ташкилий тузилма
    • Янгиликлар
    • Фото лавҳа
  • Save Energy
    • Янгиликлар
    • Қоидалар
    • Танлов комиссияси
    • Ариза
  • Касаба уюшмаси
    • Янгиликлар
    • Эълонлар
  • Очиқ маълумотлар
    • Очиқ маълумотлар
Маълумотлардан фойдаланилганда
www.minenergy.uz га ҳавола кўрсатилиши шарт
© Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2019 - 2022 ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ САВОЛЛАР ЮЗАСИДАН МУРОЖААТ МАНЗИЛЛАРИ РЎЙХАТИ
  • Ишонч телефони 71-236-38-22
  • Иш тартиби: 9:00 дан 18:00 гача
  • Тушлик: 13:00-14:00
  • Қабул кунлариДушанба - Жума
  • Call марказ - 1154 (электр энергияси бўйича)
    - 1104 (газ таъминоти бўйича)
Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг