Quyosh panellarini sinovdan o‘tkazish laboratoriya qurilmasi
Videoda ushbu qurilmaning ishlashi va vazifasi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
Mazkur laboratoriya O‘zbekiston akkreditasiya markazi tomonidan standart talablari asosida baholangan va 2022-yil 18-apreldan boshlab 5 yil muddatga davlat reyestriga kiritilgan.
Laboratoriya qurilmasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida joylashgan.
Ma’lumot uchun: Institut olimlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
07.09.2022
564
Охирги янгиликлар