Velomarafon aksiyasida Energetika vazirligi xodimlari faol ishtirok etdi
Bugun, 22 sentabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan Velomarafon aksiyasida Energetika vazirligi va tizim korxonalari xodimlari faol ishtirok etdi.
Ishtirokchilar poytaxtimizning Maxtumquli ko‘chasidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha bo‘lgan 11,5 km masofani velosipedda bosib o‘tishdi.
Mazkur tadbir aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va ommaviy sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
22.09.2022
508
Охирги янгиликлар