O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!
Radioviktorina FM-103.1 to‘lqinida, haftaning seshanba va payshanba kunlari, soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda efirga uzatiladi.
Unda o‘zbek tili bilan bog‘liq savollar taqdim qilinadi. Ishtirokchilar telefon qo‘ng‘iroqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘z javoblarini aytishlari mumkin. Radioviktorinada faol qatnashib, eng ko‘p TO‘G‘RI javobni yo‘llagan yurtdoshlarimiz “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdirlanadilar.
O‘zbek tilini qadrlagan, uning qadri va qaddi baland bo‘lishini istagan barcha yurtdoshlarimizni radioviktorinada ishtirok etishga chorlaymiz.
Demak, “O‘zbekiston” radiokanali FM-103.1 to‘lqinida! Seshanba va payshanba kunlari,soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda Sizni radioviktorinada kutamiz. 71-233-92-04 yoki 71-286-31-32 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zbek tili borasidagi bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
Vazirlar Mahkamasining
Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti