“Maxam-Chirchiq” AJda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan rasmiy bayonot
Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida 4-oktabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergan. Natijada sexning sintez kalonnasida yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari zudlik bilan yetib borishgan va hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
04.10.2022
409
Охирги янгиликлар