Zavodda yuz bergan yong‘in to‘liq o‘chirilgan
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan Bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri J.Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev, “O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati va mutaxassislari, IIV va boshqa tegishli mutasaddilar tomonidan hodisa sabablari va oqibatlari to‘liq o‘rganilmoqda.
Zavodda yuz bergan portlash oqibatida ikki xodim yengil darajada jarohatlangan. Ular zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi va ularning ahvoli nazoratga olindi. Yuz bergan yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
04.10.2022
364
Охирги янгиликлар