Joriy yilning 6-oktabr kuni Energetika vazirligi mutaxassislari Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlarga mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Xususan, bugun oldimizda nafaqat respublika aholisi va iqtisodiyotini barqaror energiya resurslari bilan taʼminlash, balki atmosferaga zararli chiqindi gazlar miqdorini kamaytiradigan, uglevodorod zaxiralarini tejash imkonini beruvchi kam uglerodli energiyani jadal rivojlantirish vazifalari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Savol-javob tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar tomonidan qiziqarli savollar hamda takliflar berildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Kelgusida shu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkillashtirish haqida kelishib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati