O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish

Сайт бўйича қидирув

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi
  • E-mail: info@minenergy.uz
  • Кўриниш

    A
    A
    A

    Шрифт ўлчами

    0% га катталаштириш
    0% га катталаштириш
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji raqobatbardosh bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
  • Асосий
  • Матбуот маркази
  • Xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji raqobatbardosh bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar


Bugun, 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “Elektr energiyasi bozoriga o‘tish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekistonda elektr energetikasi bozoriga o‘tishning istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Moliya vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, energetika sohasi korxonalari hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida bugungi kundagi natijalar va hukumat tomonidan mamlakatimiz elektr energetikasini yana-da modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda rejalar muhokama qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning kirish so‘zida taʼkidlanganidek, so‘nggi bir necha yil ichida mamlakatimiz energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha ko‘plab yutuqlarga erishildi. Shu bilan bir qatorda yana bir muhim masalaga alohida eʼtibor berish kerakki, bozor munosabatlariga o‘tish va raqobatbardosh energiya bozorini yaratish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinishi lozimligi taʼkidlandi.

Tadbirda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari ishtirok etdi. Ikkala tashkilot ham Jahon banki guruhiga aʼzo bo‘lib, hukumatga mamlakat energetika sohasini modernizatsiya va isloh qilishda moliyaviy va maslahat yordamini taqdim etadi.


Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Global energetika amaliyoti menejeri Sudeshna Gosh Banerji xonim Jahon banki Energetika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, xususiy investorlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji bozorini rivojlantirishda moliyaviy va maslahat yordamini ko‘rsatish bo‘yicha aniq reja va vazifalarni amalga oshirish uchun tizimli ishlar olib borilishini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: Hozirda Jahon banki ko‘magida Hukumat energetika sohasida umumiy qiymati qariyb 1,2 milliard AQSH dollari bo‘lgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ularning maqsadi – elektr energetikasi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sanoat korxonalari va jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish, shaharlarda yana-da samarali isitish va issiq suv xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xususiy investorlar ishtirokida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlantirishdan iborat.


Tadbir davomida tinglovchilarga Turkiya, Armaniston, Lotin Amerika davlatlari va Sharqiy Yevropada elektr energiyasining ulgurji bozorini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar taqdim etildi. Xususan, ushbu davlatlarda Jahon banki guruhi energetika sohasi islohotlarini ishlab chiqish va uni modernizatsiya qilish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynagani taʼkidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekistonda elektr energiyasining raqobatbardosh bozoriga o‘tish bo‘yicha, jumladan, ushbu sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur institutsional va qonunchilik sharoitlarini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi taqdim etildi.

O‘zbekiston sharoitida xalqaro ekspertlar elektr energiyasi bozori transformatsiyasini jadallashtirish, mustaqil xususiy operatorlar tomonidan elektr energiyasini uzatish va taqsimlash imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini, shuningdek, energetika korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va modernizatsiya qilish zarurligini, butun mamlakat bo‘ylab yakuniy isteʼmolchilarni, jumladan, uy xo‘jaliklari, korxonalar va xususiy sektorni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qila oladigan kompaniyalarga aylantirish kerakligini taʼkidladilar.


Tadbir so‘ngida Jahon bankining tegishli sohaviy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish qatʼiyati yana bir bor tasdiqlandi. Ikki tomonlama hamkorlik yuqorida qayd etilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni yakunlashga ham qaratiladi. Unda elektr energetikasi sohasining samarali faoliyat yuritishi uchun qonunchilik, institutsional va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga ko‘maklashish, eskirgan infratuzilma obyektlarini yangilash hisobiga elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish, shuningdek, ushbu sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni yana-da qo‘llab-quvvatlashga eʼtibor qaratiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

14.10.2022
972
Охирги янгиликлар
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
24.07.2024
9104
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
15.07.2024
6531
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
30.05.2024
8116
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Маълумотлардан фойдаланилганда
www.minenergy.uz га ҳавола кўрсатилиши шарт
© Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2019 - 2025 ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ САВОЛЛАР ЮЗАСИДАН МУРОЖААТ МАНЗИЛЛАРИ РЎЙХАТИ
  • Ишонч телефони 71-231-81-18
  • Иш тартиби: 9:00 дан 18:00 гача
  • Тушлик: 13:00-14:00
  • Қабул кунлариДушанба - Жума
  • Call марказ - 1154 (электр энергияси бўйича)
    - 1104 (газ таъминоти бўйича)
Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг