Energetika vazirligi elektr energiyasi bozoriga o‘tish masalasini muhokama qiladi
2022-yil 14-oktabr kuni Energetika vazirligida “Elektr energiyasi bozoriga o‘tish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekistonda elektr energetikasi bozoriga o‘tishning istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Energetika vazirligi va Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha energetika menejeri Sudeshna Gosh Banerji, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Marko Mantovanelli ishtirok etadi.
Davra suhbati Zoom orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati
13.10.2022
398
Охирги янгиликлар