Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va pоdstansiyalarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim tarmoqlardan biri bo‘lgan 500 kV kuchlanishli L-520-sonli elektr uzatish tarmog‘i ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etildi.
Suratlarda bir necha o‘n metr balandlikda ta’mirlash-sozlash ishlarini olib borayotgan mutaxassislar aks etgan.
17.10.2022
563
Охирги янгиликлар