Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev xonadonlarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etishning ahamiyati va afzalliklari haqida ma’lumot berdi.
“O‘zbekiston sharoitida quyosh panellari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish ancha samarali. Lekin shu bilan birga, quyosh suv isitish qurilmalarimizning samarasi yanada yuqoriroq.
Aynan qishloq joylarda odamlarning, kelajak avlodning sog‘lig‘i uchun biz har bir oilada ehtiyojiga yarasha issiq suv bilan ta’minlanganligiga sharoit yaratib berishimiz kerak.
Eng oson, eng tez va eng arzon yo‘li mana shu quyosh suv isitgich qurilmalari. Har bir oilada issiq suv bo‘lsa, demak bu turmush darajasining ko‘rsatkichlaridan biri. Va mana shu geokоllektorning xizmat qilish muddati ham ancha uzun, shu jumladan respublikamizda ishlab chiqaruvchilar soni ham ko‘p”.