Energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari:
➖Oila budjetini tejaydi;
➖Tashkilotlarda xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi, mahsulot tannarxi pasayadi;
➖Resurslarni barcha iste’molchilarga bir me’yorda yetkazib berilishiga hissa qo‘shadi;
➖Tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinadi;
➖Ekologiya yaxshilanishiga hissa qo‘shiladi;
➖Ushbu qimmatli resurslarni kelajak avlodga yetkazish imkoniyati yaratiladi.
Aziz Vatandoshlar, energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaning va barcha insonlar uchun manfaatli bo‘lgan ushbu ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.
10.11.2022
564
Охирги янгиликлар