Joriy yilning 10-noyabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berib o‘tamiz.
Xususan, kecha, 10-noyabr kuni mavjud elektr stansiyalar orqali 215,5 mln kVt.s elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 213,5 mln kVt.s elektr energiyasi yetkazib berildi.
Shuningek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga jami 148,7 mln kub.m tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 146,4 mln kub.m tabiiy gaz yetkazib berildi. Shu bilan birga, respublika isteʼmolchilariga jami 1,9 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 6 ming 709 tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.
Issiqlik elektr stansiyalardagi barcha energobloklar o‘z nominal quvvatida ishlamoqda.
Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari rejalashtirilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.
Elektr energiyasi taʼminoti bo‘yicha Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent viloyatining 8 ta hududlaridagi ayrim isteʼmolchilarida elektr taʼminotida qisqa muddatli (bir soatdan bir yarim soatgacha) uzilishlar kuzatildi. Mavjud muammolar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etilgan. Shuningdek, joylardan kelib tushgan murojaatlar hududlardagi masʼul mutaxassislarga yetkazildi. Yuzaga kelgan muammolar masʼul xodimlar tomonidan tezkor ravishda ijobiy hal etildi.
Shuningdek, tabiiy gaz taʼminoti bo‘yicha, Vodiy viloyatlaridan qilingan murojaatlar hududlardagi masʼul mutaxassislarga yetkazildi. Gaz tarmoqlarida taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi.
Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi taʼminoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 1154 hamda gaz taʼminoti masalalari bo‘yicha 1104 qisqa telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.