Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
![](/uploads/43e99489-ee6c-3f80-ac4c-d9fb61d025dd_news_.jpg)
Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
![](https://telegra.ph/file/d557ab2e0dbc37f266771.jpg)
Shuni alohida qayd etish kerakki, stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
![](https://telegra.ph/file/c26b3ad1d04a04d185ac6.jpg)
Ushbu stansiya Prezidentimiz raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
![](https://telegra.ph/file/978a3e9baba5726ec83ef.jpg)
Fursatdan foydalanib, ushbu tashabbusga barcha vazirlik va idoralar ham qo‘shilishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
11.11.2022
![](/img/view_icon.png)
Охирги янгиликлар