Angren IESdagi nosozlik bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot
Xabar berganimizdek, bugun, soat 15:14da Angren IESning 10-sonli energoblok qozonidagi quvurlar yorilishi natijasida mazkur energoblok rejadan tashqari to‘xtatilgan.
Hozirda maxsus ta’mirlash brigadasi tomonidan qozondagi nosozlikni bartaraf etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va shaharga issiqlik energiyasi yetkazib berilishi qayta tiklanadi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
13.11.2022
415
Охирги янгиликлар