Toshkent IESda 52 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Issiqlik elektr stansiyalarida o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari asosida ishlab chiqishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, iste’mol katta bo‘lgan kuz-qish mavsumida ushbu loyihalarning ahamiyati juda muhim hisoblanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 94 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Natijada yiliga 30 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
21.11.2022
606
Охирги янгиликлар