Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi binosida 50 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
Ushbu quyosh elektr stansiyasi yiliga 90 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida, 30 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Ahamiyatlisi, stansiya korxona binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini tarmoqqa uzatish imkoniyati ham yaratildi.
23.11.2022
626
Охирги янгиликлар