Energetika vazirligi binosining ko‘cha chiroqlari to‘liq quyosh panellari orqali yoritilmoqda
Buning uchun barcha elektr qurilmalarga quyosh panellari va energiya saqlash batareyalari o‘rnatildi. Endilikda ko‘cha chiroqlari va yoritish bezaklari elektr tarmoqlari tizimidan to‘liq uzilgan holda quyosh panellari orqali yoritilmoqda.
Chiroqlar sensor tizimli bo‘lib, qorong‘u tushishi bilan yonib, tongda avtomatik tarzda o‘chadi.
Shuningdek, yaqin kunlarda vazirlik binosining tom qismiga quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
29.11.2022
669
Охирги янгиликлар