Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar yil boshidan buyon 411 mln kVt-soat elektr energiya ishlab chiqardi
Xabar berilganidek, Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ushbu elektr stansiyalarda 2022-yil boshidan bugungi kunga qadar:
➖411 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
➖buning natijasida 124 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;
➖164 ming tonna atmosferaga zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 140 mingta xonadonning bir yillik iste’molini tashkil qiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
01.12.2022
469
Охирги янгиликлар