Kecha, 4-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 224 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 221,9 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 154,9 mln kub metr tabiiy gaz va 0,9 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 5,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.
Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 1019 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.
Shuningdek, gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan. Xususan:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Piskent, Zangiota, Toshkent, Parkent, Ohangaron, Qibray, Oqqo‘rg‘on, O‘tra-Chirchiq, Quyi-chirchiq tumanlari, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarining ayrim xonadonlarida;
Buxoro viloyati: G‘ijduvon, Romitan, Qorako‘l, Buxoro, Shofirkon, Vobkent, Olot, Peshku tumanlari va Buxoro shahrining ayrim xonadonlarida;
Farg‘ona viloyati: Beshariq, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston, Quva tumanlari va Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlarining ayrim xonadonlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Bo‘ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon, Xonobod, Qorasuv shaharlarining ayrim xonadonlarida;
Surxondaryo viloyati: Denov tumani va Termiz shahrining ayrim xonadonlarida;
Jizzax viloyati: Sh.Rashidov, Do‘stlik, Zarbdor, Dashtabod tumanlari va Jizzax shahrining ayrim xonadonlarida;
Navoiy viloyati: Karmana va Navbahor tumanlarining ayrim xonadonlarida gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.
Isteʼmolchilardan 782 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.
Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.
Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.
Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.