O‘zneftgazinspeksiya: Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda viloyatidagi AYOQSHlarda AI-80 benzin 8 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” bayonot berdi.
Holat o‘rganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYOQSH haqiqatdan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.
Benzin narxini sunʼiy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYOQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi.
09.12.2022

Охирги янгиликлар