O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energiya resurslari taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
Angren ko‘mirining sifatsizligi oqibatida is gazi bilan bog‘liq noxush holatlar ko‘payayotganligi aytilmoqda. Ko‘mir sifati nechog‘lik nazorat qilinadi?
— Angren ko‘mir konida ishlab chiqarilib, vagonga ortilgan har bir ko‘mirning sifati nazorat qilinadi. Bu yerda ham prokuratura organlari bilan nazorat to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.
Ammo taʼkidlash joizki, is gazi bilan bog‘liq muammolar ko‘mirning sifati yoki qaysi konda ishlab chiqarilganiga bog‘liq emas, balki pechlarning noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishi natijasida yuzaga kelmoqda. Sodda qilib aytganda, xoh Angren ko‘mir bo‘lsin, xoh import qilingan ko‘mir — pech noto‘g‘ri ishlatilsa is gazi paydo bo‘laveradi.