O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energiya resurslari taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatish qimmatga tushadi deyilmoqda. Muqobil energiya manbalarini rag‘batlantirish uchun qanday ishlar qilinmoqda?
— O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish borasida Prezident farmon va qarorlari qabul qilingan. Unga asosan, kim o‘z uyida quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirsa, xarajatni davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya olish yoki foizsiz, bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Bu boradagi ishlarni jadallashtirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan alohida marketpleys ishlab chiqilgan — energymarket platformasi orqali kirib, o‘ziga kerak bo‘lgan mahsulotni xarid qilish imkoniga ega.
