O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energiya resurslari taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
Bayram kuni, xususan, Yangi yilda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari ishlab chiqilganmi?
— Bayram kunlari, xususan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilardi darajada pasayadi. Chunki taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi. O‘ylaymanki, yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammolar yuzaga kelmaydi.
Agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, tunu kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi.