O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energiya resurslari taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
Energetika sohasidagi mavjud muammolar bo‘yicha davlat rahbari xabardor qilinayaptimi? Bu borada Prezident qanday topshiriqlar bermoqda?
— Energetika sohasidagi vaziyat bo‘yicha har soatda davlat rahbariga hisobot kiritib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan masalaga jiddiy yondashgan holda, maxsus shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir hududda, har bir vazirlik va idorada maxsus ishchi guruhlarni tuzgan holda, bor resurslarni aholi va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida odilona taqsimlash bo‘yicha topshiriqlar berib borilmoqda.
Shu bilan birga, tabiiy gaz ishlab chiqarish va import hajmini oshirish bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berilgan.