Prezidentimizning “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishiningoldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Qarorga asosan:
Yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 markali avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada belgilandi.
Joriy yilning 13-dekabr kunidan boshlab, “O‘zbeknefgaz” AJ tasarrufidagi barcha AYOQSHlarda AI-80 benzinining chakana narxi 1 litri uchun 5700 so‘mdan sotiladi.
➖ 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berildi.
➖ Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.
Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi.