
2022-yil dekabr oyining o‘tgan davri davomida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 192 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlariga chek qo‘yildi.
Ushbu noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 10,2 mlrd so‘mni va gaz hajmi 10,2 mln kub metrni tashkil etgan.
Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz o‘rtacha 17 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning kuz-qish mavsumida bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlari asosan Navoiy viloyatida (2,4 mlrd so‘m), Jizzaxda (2,0 mlrd so‘m), Buxoroda (0,9 mlrd so‘m), Qashqadaryoda (0,267 mlrd so‘m), Toshkent viloyatida (0,8 mlrd so‘m) va Toshkent shahrida (0,165 mlrd so‘m) aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Hamkorlikdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
