Qurilish obyekti 1700 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan foydalanishda bir qator noqonuniy holatlar aniqlanmoqda.
Xususan, Sh.Rashidov tumani, “Oqtosh ota” MFYda ko‘p qavatli uylar qurayotgan “AGROMIR BUILDINGS” MChJga qarashli qurilish obyektida 400 kVA quvvatli transformator punkti shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.
Natijada, 330,5 ming kVt-soat miqdordagi hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 148,7 mln so‘m qayta-hisob amalga oshirildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 1700 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
19.12.2022
396
Охирги янгиликлар