Joriy yil 21-22-dekabr kunlari Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida hududlarda 3 ta holatda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) 7,3 mlrd so‘mlik bo‘lgan 7,3 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jumladan:
➖Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida joylashgan “GAZXIZMATTA’MINOT” korxonasi tomonidan gaz hisoblash uskunasning o‘lchov tarmog‘iga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda 2,9 mlrd so‘mlik;
➖G‘uzor tumanida joylashgan “TAZIB” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga va o‘rnatilgan muhrlarga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan holda 3,5 mlrd so‘mlik;
➖Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan “ENERGO MASHTRANS IMPEX” MChJ tomonidan o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘i kirish zulfiniga o‘rnatilgan bir marotabalik tamg‘ani buzgan holda 921 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
