Yangiyo‘l tumanida “tadbirkor” 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” va ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Spring Kolours Industriy” MChJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonasi o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Natijada 2,1 mln kVt-soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 1,4 mlrd so‘m qayta hisob amalga oshirildi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 10,5 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlansh bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.
28.12.2022

Охирги янгиликлар