Vodiy viloyatlarining gaz ta’minotini yaxshilash uchun yangi magistral gaz quvuri qurilmoqda

Magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi doirasida 95 kilometr uzunlikdagi yangi “Yangiyer-Ohangaron” magistral gaz quvuri qurilmoqda.

Bugungi kunda obyekt qurilishi uchun 47 kilometrdan ortiq quvur olib kelindi va 6 kilometr qismi montaj qilindi. Yangi magistral gaz quvuri 2023-yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur gaz quvuri ishga tushgach, vodiy viloyatlarining gaz taʼminoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.
28.12.2022

Охирги янгиликлар