Issiqlik elektr stansiyalarda ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlanmoqda
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida bo‘lgani kabi Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ham 24 soat faoliyat olib boradigan maxsus shtab samarali faoliyat yuritmoqda.
Shtab mutaxassislari tomonidan energoqurilmalarning sozligi, normal holatda ishlashi har soatda ko‘zdan kechirib borilmoqda.
Shuningdek, ochiq taqsimlash qurilmalarida har kunlik iste’molchi tarmoqlari uzluksiz nazorat etib borilmoqda.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish yo‘riqnomasiga asosan qurilmalardagi suvning tarkibini aniqlash, kimyoviy rejimini me’yorda saqlash maqsadida doimiy ravishda kimyoviy tahlillar o‘tkazilmoqda.
29.12.2022
627
Охирги янгиликлар