Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Vazirlik binosida quvvati 120 kVt bo‘lgan elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi o‘rnatildi.
Ushbu zaryadlash qurilmasida bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobilni 50-80% zaryadlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaryadlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.
Ahamiyatlisi, ushbu zaryadlash stansiyasi Energetika vazirligi binosining tom qismida ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati