“Uzbekistan GTL” kompaniyasining Toshkent shahridagi binosida quvvati 65 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
“Uzbekistan GTL” kompaniyasining Toshkent shahridagi binosida quvvati 65 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 115 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, stansiya “Uzbekistan GTL” kompaniyasi Toshkent shahridagi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
09.01.2023
363
Охирги янгиликлар