Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 2022-yilda 434 mln kVt-soat elektr energiya ishlab chiqardi
Xabar berilganidek, Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ushbu elektr stansiyalarda 2022-yilda:
➖434 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
➖buning natijasida 127 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;
➖173 ming tonna atmosferaga zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 145 mingta xonadonning bir yillik iste’molini tashkil qiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
09.01.2023
532
Охирги янгиликлар